Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligining “NIFI” direktori Vladimir Nazarov yangi istiqbolli ishni boshlab yubordi.
«Interesant»ni aniqlashicha, pensiya islohotining muallifi Rossiya nomidan iqtisodiy islohotlarni nazorat qilish uchun O`zbekistonga jo`natilgan, deyiladi tarjimon.uz xabarida.
Pensiya yoshini oshirish to`g`risidagi qarorning nazariy asoslarini belgilab bergan, 35 yoshli iqtisodchi sobiq ittifoq respublikasi uchun iqtisodiy o`zgarish dasturini ishlab chiqadigan hukumatlararo komissiyaning asosiy a`zosi bo`ldi.
2018 yilning iyulida Vladimir Nazarov bo`lajak Rossiya pensionerlarining nafratlanishiga asosiy sabab bo`lgan edi. Ayna uni pensiya islohotining muallifi sifatida ommaviy axborot vositalarida nomi aytilgan edi.
Garchi so`nggi qaror bu yigitcha tomonidan emas, balki Kremldagi yuqori lavozimli shaxslar tomonidan qabul qilingan bo`lsada, lekin u har bir narsa uchun aybdor bo`lgan odam rolini o`ynashi juda achinarli edi. Keyinchalik esa, Nazarovning o`rtacha oylik oylik maoshi – oyiga 2 million (Rossiya rublida) ekanligi «Interesant” tomonidan ma`lum qilinganidan so`ng, xalqning g`azabiga uchradi.
Pensiya islohoti muallifiga qaratilgan la`natlar internetdagi barcha ijtimoiy tarmoqlar va forumlar bilan to`lib ketdi. Hatto taqiqlangan uslublar qo`llanilib: kimdir Nazarovni Kudrinning benikoh o`g`lini degan yolg`on mish-mish tarqatdi. Nima uchun? Gap shundaki, chukni u Kudringa ko`rinishidan o`xshash va ko`zoynaklari ham bor. Manashu barcha arugmentasiya.
Dastavval Nazarov istamasligini rad etdi – Gerostratning ulug`vorligi uni hatto xushnud etdi. Hatto ba`zan u, o`ziga nafrat olovini qo`ya boshlagan edi – bunday xolat u o`zining «qashshoqligi» ni namoyish etish uchun, “Feysbukda o`zining yirtiq poyabzalini suratini qo`yganida kuzatildi. Keyin u o`zini tanqid qilganlar bilan faol ravishda baxs-munozara qila boshladi. Keyin esa, to`satdan – axborot maydonidan butunlay g`oyib bo`ldi.
Ko`rinishidan, «oliy darajadagi o`rtoqlar» “NIFI”ning yosh direktoriga murojaat qilishib, boshqa unaqa janjallarga aralashmaslikni so`rashgan – uning uch oylik sukutiga boshqa hech qanday izoh topilmadi.
Xullas, endi Vladimir Nazarov, balki, «balo-qazodan chetroqda bo`lish» uchun, O`zbekistonga o`tkazilganligi ma`lum bo`ldi.
Hozir u ko`pincha Toshkentda bo`ladi. Moskvada ham o`zbek aka-ukalari bilan muloqot qilmoqda. Nazarov rahbarligida «islohotlarning yo`l xaritasi» ishlab chiqilmoqda – bu, kelgusi uch yil davomida O`zbekistondagi tuzilmaviy islohotlar dasturi.
Dastur, tabiiyki, nafaqat liberal, balki deyarli gaydarcha uslub. Uning umumiy xususiyatlari 29 noyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan katta davra suhbatida bayon etilgan. Nazarov bu erda shaxsan ishtirok etdi. U o`zbeklarni raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga olib borishini aytdi. 6 dekabr kuni esa, Moskvada ikki tomonlama uchrashuv bo`lib o`tdi.
NIFIning rasmiy sayti, yaqinda ushbu tashkilot «O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi davlat moliyasini boshqarish sohasida ikki tomonlama hamkorlik dasturi» doirasida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ekspert-tahliliy yordam ko`rsatmoqda.
Umuman olganda, bir tomondan, Vladimir Nazarov uchun yangi, ruslar uchun xavfsiz bo`lgan joy topilgani yaxshi. Boshqa tarafdan, faqatgina o`zbeklarga hamdardlik bildira olamiz, endi ular Gaydarning reseptlariga ko`ra iqtisodiy shok terapiyasining barcha «ajoyibotlarini» o`rganishi kerak bo`ladi.
Biroq eng muhimi, bu hali hammasi emas: O`zbekiston MDH davlatlari orasida pensiya yoshi hali ham ko`tarilmagan mamlakat bo`li qolmoqda. Erkaklar hali ham u erda 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda nafaqaga chiqariladi. Bu, albatta, betartiblik. Pensiya islohoti muallifi Vladimir Nazarov bu erda juda ham kerak bo`ladi.






