AsosiyJamiyat

Buxoro shahrida ro`y bergan yong`inda 5 yoshli qizchaning jasadi topildi

'Buxoro shahrida ro`y bergan yong`inda 5 yoshli qizchaning jasadi topildi'ning rasmi

Buxoro shahrining Maxtumquli ko`chasidagi uyda yong`in sodir bo`ldi. Yong`inni o`chirish vaqtida uy egasining 2014 y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topildi. Bu haqda DYoXX xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 23 dekabr kuni soat 00 dan 48 daqiqa o`tganda ushbu uyda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 9 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 01:05 da qurshab olingan va soat 02:15 da to`liq bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida yashash uyining 45 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Saqlab qolingan maydoni 150 kv.metr.

“Achinarlisi, yong`inni o`chirish vaqtida uy egasining 2014 y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topilgan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining noto`g`ri o`rnatilishi ekanligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

yong`in

    Boshqa yangiliklar