AsosiyDunyo

Somalida chigirtkalar galasi ekinlarni eb bitirmoqda

'Somalida chigirtkalar galasi ekinlarni eb bitirmoqda'ning rasmi

Shanba kuni Somalidagi fermerlar o`z ekinlarini chigirtkalar “bosqini”dan himoya qilishda yordam berishlarini so`rab mamlakat hukumati va xalqaro hamjamiyatga murojaat qildilar. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

«Chigirtkalar bizning o`tloqlarimizni allaqachon eb bitrishgan. Shuning uchun biz hech bo`lmasa tarvuz va loviya ekkan hududimizni asrab qolish uchun kurashmoqdamiz. Ammo,biz ularni himoya qila olmayapmiz va Somali hukumati va xalqaro hamjamiyatni bizga yordam berishga chaqiramiz”, dedi Dusamareb shahridagi fermer Jamad Muhammad.

Yana bir Somalilik fermer Jirosh Qorhere uchun bu yilgi hosildan umid qolmadi. Uning barcha hosilini hasharotlar eb tugatdi.

”Chigirtkalar butun hududni vayron qildi va hozir siz ko`rib turganingizdek,  bizning o`simliklarimizni eyish uchun fermamizga etib kelishdi. Endi hammasi tamom. Bizda bolalarimizni boqish uchun hech narsa qolmadi va hatto bozordan ovqat sotib olishga ham qodir emasmiz» dedi Qorore.

Somali va qo`shni Efiopiyada hasharotlar 70 ming gektar er maydonini vayron qildi. Bu so`nggi 70 yil ichidagi eng yomon chigirtka “bosqini” bo`lib,  har ikki mamlakatda oziq-ovqat ta`minoti xavf ostida qolmoqda,  deya xabar beradi Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti.

    Boshqa yangiliklar