Xabaringiz bor xonanda Manzura 1-2-3- fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida konsert berayotgan edi. Konsertning ikkinchi kuni, ya`ni 2-fevral kuni konsert dasturidan so`ng “Istiqlol” san`at saroyida tobi qochgan Manzurani tez yordam mashinasi olib ketdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bunga yurak xastaligi sabab bo`lgan. Xonandaning hozirgi ahvoli haqida hech qanday ma`lumot yo`q. 3-fevral kuni bo`lib o`tishi lozim bo`lgan konsert dasturi esa qoldirildi. Konsert tashkilotchilari va xonandaning ma`muri chipta olgan muxlislarning pullari bugunoq qaytarilishini ma`lum qildi. Xonandaning haqiqatdan ham tobi qochdimi yoki chiptalar sotilmay qolgani uchun shunday yo`l tutdimi bunisi bizga qorong`u.
Manba: O`z muxbirimiz





