AsosiySiyosat

Vladimir Grachyov: "Saylovda haqiqiy siyosiy kurash ketayotganini, Markaziy saylov komissiyasi jarayonlarni to`g`ri nazorat qilayotganini ko`rdim"

'Vladimir Grachyov: "Saylovda haqiqiy siyosiy kurash ketayotganini, Markaziy saylov komissiyasi jarayonlarni to`g`ri nazorat qilayotganini ko`rdim"'ning rasmi

Bugun 22-dekabrda respublikamizning barcha saylov uchastkalarida uzoq kutilgan saylov jaranlari bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston fuqarolari faol ishtirok etishmoqda. Bir qator saylov okruglarida bo`lib xalqimiz uchun muhim bo`lgan saylovlarni kuzatuvgan xorijlik ekspert, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari Grachyov Vladimir Vladimirovichning taassurotlari bilan qiziqdik. U quyidagi fikr-mulohazalarni bildirdi:

–Mening nuqtai nazarimga ko`ra saylovlarga tayyorgarlik jarayonlari juda yaxshi tashkillashtirilgan. Bu aynan okruglardagi tashkiliy ishlarda, komissiya a`zolari tarkibida hamda targ`ibot materiallarini tayyorlashda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Shu bilan birga, fikrimcha saylovning o`zi ham qonunlar doirasida juda demokratik, shaffof muhitda o`tmoqda. Odatda odamlar saylov haqida gapirganda umumiy, ramziy gaplarni gapiradi. Ammo men Toshkentdagi saylovlarda fuqarolarning samimiy suhbatlariga guvoh bo`ldim. Ovoz berishga kelgan odamlarning kayfiyatida, gap-so`zlarida, ko`tarinki ruhiyatida ularning kelajakka ishonchi sezilib turibdi. Bu odamni quvontiradi, albatta. 

Shuvni ham aytish kerakki, hatto bir uchastkada ekologik partiyadan qo`yilgan nomzod chetlatilgani, uning targ`ibot materiallari olib tashlanganini ko`rdim. Bu menda ijobiy taassurot uyg`otdi. Demak shu holatning o`zi bu erda haqiqiy siyosiy kurash olib borilayotganini, Markaziy saylov komissiyasi jarayonlarni to`g`ri nazorat qilayotganini bildiradi. 

Manzura Bekjonova

Boshqa yangiliklar