Saylov kodeksining 44-moddasiga ko`ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqot olib borish taqiqlangan.
Ushbu tartib qonun bilan qat`iy belgilab qo`yilishiga qaramasdan, Xalq deputatlari Quva tuman kengashiga “Adolat” sosial demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullaev 2019 yil 22 dekabr kuni soat 08:30 larda o`zining “Lasetti” rusumli avtomashinasi oldi qismiga “Adolat” sosial demokratik partiyasi, ikki yon tomonlariga “Mavlonov Bahromjonga ovoz bering” degan yozuvlarni oddiy bo`yoqda yozib olib, Quva tumani, Jalayor okrugi hududidagi 25-sonli maktabda joylashgan 589-sonli, Mehnatobod qishlog`i 51-maktabda joylashgan 743-sonli saylov uchastkalari oldida avtomashina oynalarini ochgan holda “Mavlonov Bahromjonga ovoz beringlar” deb targ`ib qilgan.
Ushbu holat yuzasidan, Quva tuman prokuraturasi tomonidan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullaevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqish uchun Quva tuman ma`muriy sudiga yuborilgan.






