Kecha, 1 fevral kuni mashxur qo`shiqchi Jastin Timberleyk o`zining 34 yoshini qarshi oldi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqinlari, do`stlari va albatta muxlislaridan minglab tabriklarni qarshi oldi. Shu bilan birga u Instagram’dagi sahifasida sevgilisi Jessika Bilning farzand keutayotganini tasdiqlovchi suratni ham muxlislari e`tiboriga havola etgan va “biz xali uning jinsini bilmaymiz” deb izoh bergan. Bu haqda spletnik.ru nashri xabar tarqatdi.
Shu izoh orqali u ko`pchilikni qiziqtirib kelayotgan savolga javob bergan, desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Ma`lumotlarga ko`ra ular bo`lajak farzandlarining jinsini aniqlab ulgurishgan. Chet el ommaviy axborot vositalarining fikrlariga ko`ra, bahor oylarida ularning jajji qizaloqlari dunyoga kelar ekan.
Eslatib o`tamiz, ularning to`ylari 2012 yilning oktyabr oyida Italiyada bo`lib o`tgan.





