AsosiyJamiyat

Farg`onaa ikki «Damas» to`qnashuvi haydovchining o`limiga sabab bo`ldi

'Farg`onaa ikki «Damas» to`qnashuvi haydovchining o`limiga sabab bo`ldi'ning rasmi

Farg`onalik T.M. Marg`ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo`lgan «Damas» rusumli avtomashinani Farg`ona tumani Mingdonobod qishlog`i hududida boshqarib borayotib, charchagani bois ko`zi uyquga ketib qoladi. Natijada avtomashina qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketadi va ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro E.G. boshqaruvidagi «Damas» mashinasi bilan to`qnashuv sodir bo`ladi.

Ikkinchi «Damas» haydovchisi E.G. hodisa joyida vafot etdi. Ikkala avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi.

Yuqorida ta`kidlanganidek, haydovchining charchagani noxush hodisaga sabab bo`lgan, deya xabar berdi Postda nashri.

    Boshqa yangiliklar