AsosiyJamiyat

Endi iste`molchilar sifatsiz mahsulotlar va ularning ishlab chiqaruvchilaridan xabardor etib turiladi

'Endi iste`molchilar sifatsiz mahsulotlar va ularning ishlab chiqaruvchilaridan xabardor etib turiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi iste`molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to`g`risida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli ma`lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llagan holda etkazilishini ta`minlaydi;

Tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to`g`risida, tovarlarning inson sog`lig`iga ta`siri va boshqalar to`g`risida ma`lumot beruvchi tizimni o`z ichiga olgan elektron platforma yaratadi va yuritadi;

Inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo`lgan mahsulotlar, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) to`g`risida ma`lumotlarni iste`molchilarga etkazib boradi.

    Boshqa yangiliklar