AsosiyJamiyat

Rossiyalik ekspert: Islohotlar eng avvalo parlamentning hokimiyat tizimidagi o`rnini mustahkamlashi lozim

'Rossiyalik ekspert: Islohotlar eng avvalo parlamentning hokimiyat tizimidagi o`rnini mustahkamlashi lozim'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O`zbekiston Respublikasining bugungi kun ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo`nalishlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan Rossiyaning Evrosiyo tadqiqotlar markazi direktori A.Rusakov O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli siyosiy islohotlarni e`tirof etdi.  Ular eng avvalo parlamentning hokimiyat tizimidagi o`rnini mustahkamlashi va partiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishini alohida ta`kidlab o`tdi.

Ekspert fikricha, siyosiy institutlarning mavqeini oshirish bugun MDH hududidagi barcha davlatlar uchun dolzarbligiga qaramasdan, qabul qilinayotgan qarorlar va sa`y-harakatlar sezilarli natijalar ko`rsatmayapti. Shu tufayli rossiyalik siyosatshunosning fikriga ko`ra, bugun O`zbekiston siyosiy islohotlarni amalga oshirishda o`zining ijobiy tajribasiga asos solishga barcha imkoniyatlarga ega.

    Boshqa yangiliklar