AsosiyJamiyat

Bola tug`ilganda beriladigan nafaqa va olimlarga ustama haq MHEKMga qayta hisoblandi

'Bola tug`ilganda beriladigan nafaqa va olimlarga ustama haq MHEKMga qayta hisoblandi'ning rasmi

EKIH bekor qilinganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga o`zgartirishlar kiritish davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, dekabr oyining boshlarida 50 dan ortiq qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritilgan edi. Hozir Prezidentning 90 ta qaroriga (farmonlar va qarorlar) tuzatish kiritilmoqda.   

Natijada qanday koeffisientlar o`zgartirilganini ko`rib chiqamiz (MHEKM 634 880 so`mni tashkil etadi):

a) 1994 yil 1 sentyabrdan boshlab to`lanayotgan bola tug`ilganda bir yo`la beriladigan nafaqalar – 70,3% MHEKM (ilgari – 2 EKIH);

b) 2018 yil 1 yanvardan boshlab har oyda to`lanadigan gonorarlar:

  • Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolari hamda sobiq O`zbekiston Qishloq xo`jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a`zolariga – 4,22 MHEKM (ilgari – 12 EKIH);
  • sobiq O`zbekiston Qishloq xo`jaligi fanlari akademiyasining muxbir a`zolariga – 2,81 MHEKM (ilgari – 8 EKIH);

v) ish haqi va unga tenglashtiriladigan to`lovlar naqd pulda to`lanishi uchun moddiy-mas`ul shaxs (kassir) funksiyasini amalda bajarishda umumta`lim maktablarining ma`muriy-xo`jalik qismi bo`yicha direktor o`rinbosari yoki xo`jalik mudirining lavozim maoshiga har oylik qo`shimcha to`lovlar – MHEKMning 35,2%i (ilgari – 1 EKIH);

g) 2008 yil 1 sentyabrdan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`qituvchilariga quyidagilar uchun to`lanayotgan oshirilgan qo`shimcha to`lovlar:

  • guruhga rahbarlik qilish – MHEKMning 35,2%i (ilgari – EKIHning 100%i);
  • yozma ishlarni tekshirish – MHEKMning o`rtacha 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i);
  • o`quv va laboratoriya xonalariga mudirlik qilish – MHEKMning 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i).

d) informatika xonasiga mudirlik qilgan umumta`lim maktablarining o`qituvchilariga ustama haq – MHEKMning 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i);

e) 2018 yil 1 yanvardan O`zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a`zolariga to`lanayotgan, JShDS solinmaydigan har oylik gonorarlar – 1,41 MHEKM (ilgari – 4 EKIH);

j) 2018 yil 1 apreldan Geologiya davlat qo`mitasi xodimlarining ish haqiga tuman (hududiy) koeffisientlarni hisoblash uchun belgilangan cheklangan summa – 2,11 MHEKM (ilgari – 6 EKIH);

z) davlat organlarining rahbarlari va xodimlariga davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun chorak yakunlari bo`yicha mukofotlar – 3,52 MHEKM (ilgari – 10 EKIH);

i) 2019 yil 1 maydan sud boshqaruvchilariga har bir yakunlangan tugatish ishi yurituvi uchun to`lanadigan mukofotlar – 7,03 MHEKM (ilgari – 20 EKIH).

Shuningdek 2019 yil 1 yanvardan prokuratura organlari xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a`zolari va Kotibiyat xodimlari uchun belgilangan mehnat haqining yangi razryadlari, shuningdek 2018 yil 1 yanvardan joriy etilgan mualliflik haqi bo`yicha minimal stavkalar tasdiqlandi.   

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

    Boshqa yangiliklar