AsosiyJamiyat

Toshkentda belgilanmagan yo`ldan o`tayotgan 67 yoshli ayolni Lasetti urib ketdi

'Toshkentda belgilanmagan yo`ldan o`tayotgan 67 yoshli ayolni Lasetti urib ketdi'ning rasmi

18-dekabr kuni taxminan soat 12.00 da Olmazor tumani Nurafshon ko`chasida "Lasetti" rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli Sardor U. piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

YTH natijasida 67 yoshli Sharifa R. tan jarohatlari olib tibbiy yordam uchun murojaat qildi. YTH sababi: piyoda yo`lna belgilanmagan joydan kesib o`tmoqchi bo`lgan.


“Hurmatli piyodalar! Yo`lni piyodalar yo`lakchasidan kesib o`tishingizni so`raymiz. Sog`lig`ingiz va hayotingizni asrang!” — deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar