Deputatlikka nomzod ma`muriy javobgarlikka tortildi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Mautbuot xizmati.
Saylov kodeksining 44-moddasiga ko`ra, deputatlikka nomzodlar tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko`rsatish bilan qo`shib olib borish taqiqlangan.
Ushbu tartib qonun bilan qat`iy belgilab qo`yilishiga qaramasdan, Xalq deputatlari viloyat kengashiga O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Namangan shahridagi 32-Isfarxon saylov okrugidan nomzodi ko`rsatilgan Z.Xodjaev 2019 yil 3-4 dekabr kunlari Namangan shahridagi nomzodi qo`yilgan “Haqiqat” hamda “Marg`ilon” MFYda yashovchi saylovchilar bilan uchrashib, saylov kuni unga ovoz berishlari uchun ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tekin tarqatib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.
Ushbu holat yuzasidan, Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Z.Xodjaevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqish uchun Namangan shahar ma`muriy sudiga yuborilgan.
Namangan shahar ma`muriy sudining 20.12.2019 yildagi qaroriga asosan Z.Xodjaev Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-5-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorida jarima jazosi qo`llanilgan.






