AsosiyDunyo

Putin jurnalistlarning savoliga savol bilan javob berdi

'Putin jurnalistlarning savoliga savol bilan javob berdi'ning rasmi

19 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

Rossiyaning Britaniya siyosatiga aralashgani haqidagi savolga javob berar ekan, Putin:

«Rossiyaning Britaniya ishlariga aralashgani yoki aralashmagani to`g`risida gapiradigan bo`lsak, biz turli mamlakatlardagi rasmiy boshqaruv organlaridan,  shu jumladan Britaniyadan ham,  Rossiyada sodir bo`layotgan voqealarni baholash to`g`risidagi fikrlarni ko`p eshitganmiz.  Bu o`zga mamlakat ishlariga aralashuvmi? Agar siz bu aralashuv deb o`ylasangiz,  unda shunday deb o`ylashda davom eting. Ammo bu holatning boshqa davlat ishlariga aralashishga umuman aloqasi yo`q” deya bu ayblovlarni rad etdi.

Shuningdek, Putin Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Boris Jonsonni boshqa amaldorlardan ko`ra Britaniya jamiyatining Breksit bo`yicha  holatini yaxshiroq anglashini maqtab, u haqda bir qancha iliq fikrlar bildirib o`tdi.

«Hozir Britaniyanda bo`layotgan ishlarga kelsak, Jonsonni tabriklash mumkin. U, bu oyda bo`lib o`tgan saylovda g`olib chiqdi va Britaniya jamiyatidagi kayfiyatni raqiblaridan ko`ra yaxshiroq tushundi. U Breksit bo`yicha o`zining barcha rejalarini amalga oshirish niyatida»,  dedi Putin.

London va Moskva o`rtasidagi munosabatlar 2018 yildan beri tarangligicha qolmoqda. O`shanda bu mamlakatlar o`rtasidagi kelishmovchilikka Angliyada sobiq rus ayg`oqchisi va uning qizining zaharlanishi sabab bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar