AsosiyDunyo

Uyg`ur faoli Evropa mamlakatlarini Xitoy xukumatiga qarshi kurashga chorladi

'Uyg`ur faoli Evropa mamlakatlarini Xitoy xukumatiga qarshi kurashga chorladi'ning rasmi

Evropa Parlamentining bu yilgi “Fikr erkinligi uchun Saxarov mukofoti”ga Xitoyda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan uyg`ur ziyolisi Ilhom Toti munosib topildi.Chorshanba kuni otasining nomidan ushbu mukofotni qabul qilib olgan Javhar Ilhom Evropa huquqshunoslarini Xitoy hukumatining uyg`urlarga nisbatan salbiy munosabatiga echim topishga undadi.  Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

Hozirda Xitoyning musulmon uyg`urlarga nisbatan o`tkazayotgan zulmi tobora kuchayib boryapti. Evropa parlamentidagi nutqida Javhar Ilhom siyosatchilarni,  olimlarni va talabalarni Xitoyning olib borayotgan ushbu harakatlariga qarshi norozilik bildirishga chaqirdi.

Ilhom Toti 2014-yili separatizmda ayblanib umrbod qamoqqa hukm qilingan va bu g`arb tomonidan tanqid qilingandi. Unga Evroittifoq mukofoti berilishi e`lon qilingandan so`ng,  Xitoy Totini qonunga muvofiq hukm qilingan jinoyatchi ekanligini va barcha mamlakatlarni Xitoyning ichki ishlari va sud suverenitetini hurmat qilishga chaqirgandi.

Xitoy Shinjon jangarilar va separatistlar tahdidi ostida ekanligini aytib, uyg`urlarga bo`layotgan yomon munosabatni yoki ularni ommaviy ravishda hibsga olish sodir bo`lganini rad etib keladi. Xitoy hukumatining so`zlariga ko`ra, ular shunchaki “ta`lim orqali ekstremizm va zo`ravonlikka chek qo`yish”ni maqsad qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar