AsosiyDunyo

Qirg`iziston Prezidenti Umra ziyoratini ado etdi

'Qirg`iziston Prezidenti Umra ziyoratini ado etdi'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov va qirg`izistonlik bir guruh ma`muriyat vakillari Umra ziyoratini bajarishdi. Bu haqda saudi-arabia.ru nashri xabar berdi.

Al Haram majsidida qo`shni mamlakat ziyoratchilarini masjid maxsus xavfsizlik kuchlari qo`mondoni general Yaxyo ibn Abdul Rahman al-Aqil tantanali kutib olgan.

Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati bergan ma`lumotlarga ko`ra, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Al Saudning taklifisha binoan Qirg`iziston delegasiyasi 15–17 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo`lishgan.

Ushbu tashrif doirasida Qirg`iziston Respublikasining Ar Riyoddagi elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar