“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi kuni kecha Moskva-Farg`ona yo`nalishi bo`yicha parvoz qilgan HY-628 reysi ortga qaytishga majbur bo`lganini ma`lum qildi.
Qatnov samolyotdagi yoshi katta yo`lovchi o`zini yomon his qilgani uchun uchish-qo`nish yo`lagidan qaytgan. Yo`lovchiga tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Shundan so`ng HY-628 reysi soat 13:25 yo`nalishi bo`yicha uchib ketdi.






