21-22 dekabr kunlari O`zbekistonda kuchli shamol va qor yog`ishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi “-5, -7” darajagacha pasayadi.
Shu munosabat bilan, sizning xavfsizligingiz hamda qulayligingizni ta`minlash maqsadida “Amirsoy” tog`-chang`i kurortiga olib boruvchi hududdan o`tish faqat qishki shinali old g`ildiraklari tortuvchi yoki to`rt g`ildirak tortuvchi mashinalar uchun ruxsat etiladi.
Yozgi shinali avtomashinalarning o`tishiga yo`l qo`yilmaydi!
Bundan tashqari, “Amirsoy” tog`-chang`i kurorti avtoturargohi 500 mashinaga mo`ljallangani bois, avtotransport vositalari avtoturargohning to`lishiga qarab to`xtatiladi.
Shuningdek, ochilish marosimidan keyin, 22 dekabr kuni olib boriladigan profilaktik ishlar va hududni tozalash ishlari tufayli “Amirsoy” tog`-chang`i kurorti o`z faoliyatini to`xtatib turadi va mehmonlarning hududga kirishi taqiqlanishi haqida "O`zbekturizm" Axborot xizmati ma`lum qilgan.






