AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda do`pposlanganidan arz qilgan shaxs bo`yicha tafsilotlar oydinlashdi

'Ijtimoiy tarmoqda do`pposlanganidan arz qilgan shaxs bo`yicha tafsilotlar oydinlashdi'ning rasmi

 

Joriy yilning 16 dekabr kuni “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida fuqaro A.R.Sharifullin noma`lum ikki nafar shaxs tomonidan unga etkazilgan tan jarohati yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan xech qanday chora ko`rilmasdan, uning murojaati yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmayotganligi to`g`risida xabar tarqaldi. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o`rganilib, natijalar “darakchi.uz”ga taqdim etildi.

Aniqlanishicha, mazkur holat yuzasidan 2019 yil 15 dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tumani bo`yicha IIO FMB 6-son Ichki ishlar bo`limi Tergov bo`linmasi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi bo`yicha jabrlanuvchi A.R.Sharifullin o`z ko`rsatmasida, 2019 yil 10 dekabr kuni, uni yashash uyi oldidan qora rangli “Spark” rusumli avtomashinada noma`lum shaxslar olib ketganligini bildirgan. 

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu avtomashinani Toshkent shahrida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan, muqaddam O`zbekiston  Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi, 277-moddasi 3-qismi va 105-moddasi 2-qismi bilan sudlangan S.Q. boshqarib kelganligi aniqlangan.   

Jinoyat ishi yuzasidan so`roq qilingan S.Q. o`z ko`rsatmasida keltirishicha, u tanishi Toshkent shahrida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan, Toshkent Davlat Sharqshunoslik insitituti 2-bosqich talabasi bo`lgan muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan bir necha marotaba sudlangan J.M. bilan birgalikda 2019 yil 10 dekabr kuni fuqaro A.R.Sharifullindan “Lirika” va “Tropikamid” dori vositalarini sotib olish maqsadida borishadi.

Biroq, A.R.Sharifullin “Lirika” va “Tropikamid” dori vositasini Chilonzor tumanidan olib berishini aytib, ular bilan avtomashinaga o`tirib, Chilonzor tumani, 23-mavzega borishadi.

Etib borishganidan so`ng A.R.Sharifullin psixotrop moddasini qaysidir manzildan emas, balki o`z yonidan chiqarib bergadi. Uning yolg`on gapirganligiga chiday olmagan yigitlar, Sharifullinning yuz qismiga bir-ikki marotaba uradi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumani bo`yicha IIO FMB 6-son Ichki ishlar bo`limi Tergov bo`linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar