AsosiyJamiyat

“Damas” ichidan sal kam 30 mln so`mlik yashirin olib kirilgan ko`rpalar chiqdi

'“Damas” ichidan sal kam 30 mln so`mlik yashirin olib kirilgan ko`rpalar chiqdi'ning rasmi

Bojxona hujjatlarisiz mamlakatga olib kirilgan har bir mahsulot va tovar halol savdo-sotiq bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlar faoliyatiga to`siq bo`ladi. Negaki ular barcha hujjatlarni rasman qayd etib, davlatga soliq va bojxona bojlarini to`lagan holda tadbirkorlik qilganda hech bir hujjatsiz va to`lovsiz noqonuniy tovar olib kiruvchilar aybi bilan ularning bozori kasdga uchrashi mumkin. Negaki bunday oson yo`llar bilan bozorga mahsulot olib kirgan kimsalar mahsulotni pastroq narxlaydi. Ularning faoliyatidan davlat byudjetiga ham hech qanday daromad tushmaydi. Bu esa iqtisodiyotimizga o`z ta`sirini o`rsamay qo`ymaydi.

Shu sababdan bojxonachilar tomonidan tovar moddiy boyliklarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Hususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda “Xo`jaobod-Andijon” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, ko`zdan kechirilganda, transportning salon qismiga 1987 yilda tug`ilgan fuqaro I.Mga tegishli bo`lgan hech qanday hujjatlari bo`lmagan qiymati 29 850 000 so`mlik yotoqxona jamlanmalari olib ketilayotganligi aniqlandi.

Dastlabkisurishtiruv davomida ushbu tovar moddiy boyliklar muqaddam “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali maydalab olib o`tganligi aniqlandi. Bu voqea haqida Darakchi.uz ga Andijon viloyati bojxona boqsharmasi mutaxassisi F. Karimov xabar qildi. Uning qayd etishicha ushbu holat bo`yicha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar