Namoyishchilar AQSh Prezidenti Donald Trampning impichmenti va Vakillar Palatasining unga lavozimidan chetlatilishini aytishi uchun Nyu York ko`chalarida yig`ilishdi.
19 yoshli talaba Serena Xertsog: «Men bu mitingda qatnashayapman, chunki buni kelajakdagi muhim burilish deb bilaman. Men uchun eng asosiy muammo – ekologik adolatdir va men prezidentimizni atrof-muhitga katta xavf tug`dirayotganini ko`ryapman.» -deb izoh berdi.
Tayms maydonida yig`ilgan namoyishchilar «Tramp qonundan ustun emas» va «O`rningizdan turinglar va qarshilik ko`rsatinglar» degan yozuvlarni ochiqchasiga ko`tarib olishdi.
Tramp hokimiyatni suiste`mol qilganlikda ayblanyapti, ya`ni u Ukraina hukumatidan, 2020 yilda bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarida unga qarshi chiqayotgan etakchi demokratik raqib, sobiq vise-prezident Jo Baydenni tergov qilishni so`ragan.
Mitingning tashkilotchilaridan biri, Empire State Indivisible vakili Shannon Stagman: «Biz Trampning jinoyatlar sodir etganligini va prezidentlik vakolatlarini suiiste`mol qilganligini tan olishini xohlaymiz. Bu biz uchun juda muhim deb o`ylaymiz», – dedi.






