2019 yilda xalq ta`limi tizimiga davlat byudjetidan jami 18,1 trln. so`m (2018 yilga nisbatan 53,3%ga ko`p, 11,8 trln. so`m) ajratilgan bo`lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018 yilda 17,1 foiz) tashkil etadi.
Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to`lovlarga 13,6 trln. so`m (o`tgan yilga nisbatan 42,6 foizga ko`p), yagona ijtimoiy to`lov (II guruh) xarajatlariga 3,4 trln. so`m (o`tgan yilga nisbatan 48,0 foizga ko`p), boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,1 trln. so`m (o`tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko`p) ajratilgan.
Shuningdek, joriy yilda xalq ta`limi tizimiga 11 oy mobaynida jami 17,2 trln. so`m ajratilib, ijrosi 16,8 trln. so`mni (97,7 foiz) tashkil etgan.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to`lovlarga 13,0 trln. so`m ajratilgan, ijrosi 12,5 trln. so`m, ya`ni 96,2 foizga bajarilgan.
Yagona ijtimoiy to`lov (II guruh) xarajatlariga 3,2 trln. so`m ajratilib, ijrosi 3,0 trln. so`m, 93,8 foizga bajarilgan.
Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,1 trln. so`m ajratilgan bo`lib, ijrosi 1,0 trln. so`mga yoki 93,1 foizga bajarilgan.






