AsosiyJamiyat

Ertadan qishki ta`til boshlanadi

'Ertadan qishki ta`til boshlanadi'ning rasmi

Bloger  oliy ta`lim muassasalari talabalari hamda akademik lisey, kollej o`quvchilari uchun yilning oxirgi o`qish kuni ekanligini ertadan rasman qishk ta`til boshlanishi eslatar ekan. Barcha talaba va o`quvchilarga foydali maslahatini berdi.

Barcha talaba va o`quvchilarga ta`til maroqli o`tishini tilayman. Bo`sh vaqtni behudaga ketkazmasdan, hech bo`lmasa, yana takrorlayman, hech bo`lmasa bittagina badiiy kitob o`qishlarini iltimos qilaman. Imtihon qilish niyatim yo`g`u, shunchaki ta`tildan keyin kim qanaqa kitob(lar) o`qigani haqida kanalimda alohida suhbatlashamiz keyin.

Saylovlarda qatnashib, eng yaxshi deb o`ylagan nomzodga ovoz berishlarini, shu yo`l bilan nisbatan yaxshiroq nomzodlarni qo`llab-quvvatlashlarini tavsiya qilaman (imkoni bo`lsa, yoshlarga ovoz bering). Yangi yilda dars mashg`ulotlari 6 yanvar kunidan boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar