AsosiyJamiyat

Xudoyberdi To`xtaboev boshlang`ich sinf o`quvchilarining mutolaaga bo`lgan munosabatidan xursand bo`ldi

'Xudoyberdi To`xtaboev boshlang`ich sinf o`quvchilarining mutolaaga bo`lgan munosabatidan xursand bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 227-sonli umumta`lim maktabida boshlang`ich ta`lim fan oyligi  doirasida ta`lim muassasasining 2-3-4 sinflar hamkorligida davlat rahbari ilgari surgan besh tashabbusning biri – yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishning amaldagi ifodasi sifatida mashhur bolalar yozuvchisi, 87 yoshni qarshilagan adib Xudoyberdi To`xtaboev bilan uchrashuv bo`ldi.

Maktab o`quvchilari tomonidan uchrashuv davomida adib ijodiga murojaat qilinib, turli she`rlar va sahna ko`rinishlari bilan mutolaaga munosabatlarini amalda ko`rsatishdi.

Adib boshlang`ich sinf o`quvchilarining mutolaaga munosabatini o`z chiqishlari bilan ifoda etganligidan xursandligini bildirdi va bolalik davrlariga qaytib o`z ijodiga asos bo`lgan hayotiy voqealar va asarlaridagi prototiplarning asl qahramonlarini o`quvchilarga hikoya qilib berdi.

Uchrashuvning eng kulminasion nuqtasi hamma o`quvchilarni mutolaaga chorlagani bilan ahamiyatli, ya`ni maktab direktori Saodat To`raxonova adibga kutilmagan va`da, o`quvchilarga esa topshiriq berdi. Unga ko`ra, maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari  bobo va buvilaridan eshitgan ertaklarini qog`ozga tushirib, direktorga taqdim etadi. Direktor ular orasidan eng saralarini tanlab, kitob holida nashr ettirgan holda adibning dastxati bilan o`quvchilarga taqdim etadi.  

Adib o`quvchilarni ijodga, kitobga oshno qiluvchi  bu tashabbusni qo`llab-quvvatladi.  

Gulnora ABDURAHMONOVA,  

Yashnobod tumani 227-sonli umumta`lim maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi

    Boshqa yangiliklar