AsosiyJamiyat

O`zbekiston musulmonlari idorasi metropoliten qurilishidagi fojiada halok bo`lgan yurtdoshlarimizning oilalariga hamdarlik bildirdi

'O`zbekiston musulmonlari idorasi metropoliten qurilishidagi fojiada halok bo`lgan yurtdoshlarimizning oilalariga hamdarlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi 2019 yil 18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida er o`pirilishi oqibatida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Aziz yurtdoshlar, ushbu fojiada halok bo`lganlarning haqlariga duolar qilish, mag`firat so`rash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Inson qachon, qaerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo`minning darajasi yuqori bo`lishi aytilgan. Hazrati Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g`arq bo`lib, o`tda kuyib, tom ostida qolib vafot etsa, shahidlik maqomini topishi ta`kidlangan.

Dinimizda o`tganlarga duoyi xayrlar qilish mo`minlik haqlaridan hisoblanadi. Qur`oni karimda shunday deyilgan:

ya`ni: “Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: “Ey Rabbimiz! O`zing bizlarni va bizdan ilgari imon bilan o`tganlarni mag`firat etgin va qalblarimizda imon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo qilmagin! Ey Rabbimiz! Albatta, Sen mehribon va rahmli zotdirsan!”(Hashr surasi, 10-oyat)

Shunday ekan ushbu fojiada vafot etgan yurtdoshlarmizning haqlariga duo qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o`zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag`firat etishini iltijo qilib so`raymiz. Ularning oila a`zolari va yaqinlarining musibatlariga sherik ekanimizni bildirgan holda sabru jamil tilaymiz.

— deyiladi Idora rasmiy saytida.

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.

Bundan oldin, dastlab, ikki kishining, so`ng yana bir insonning, keyin to`rtinchi hamda beshinchi jasadning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Hozirda, Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo`lgan fuqarolarning yaqinlariga zarur bo`lgan yordamlarni ko`rsatish bo`yicha choralar ko`rilmoqda, deyiladi FVV rasmiy xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar