Chorshanba kuni Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev ilgari energetika vaziri bo`lgan Kanat Bozumbaevni prezident yordamchisi etib tayinladi.
Shuningdek, Tokaev boshqa bir qator yuqori martabali amaldorlarning lavozimini almashtirdi.
Tokaev shu kungacha markaziy bank boshqaruvchisining o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Madina Abilqosimovani yangi tashkil etilgan moliyaviy nazorat agentligining rahbari etib tayinladi.
Shuningdek, u siyosiy mavqega ega Imangali Tasmagambetovni Qozog`istonning Rossiyadagi elchisi lavozimidan chetlatdi. Bunga uning pensiya yoshiga etganini sabab qilib ko`rsatilgan.
Qozog`iston prezidenti o`z o`rinbosari Darxan Kaletaevni hech qanday sabablarni oshkor qilmagan holda ishdan bo`shatdi va uning o`rniga ilgari prezident yordamchisi bo`lgan Mavlen Ashimbaevni tayinladi.






