AsosiyJamiyat

Rasman: Yunusoboddagi avariya joyida halok bo`lgan ikki kishining shaxsiga aniqlik kiritildi

'Rasman: Yunusoboddagi avariya joyida halok bo`lgan ikki kishining shaxsiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida favqulodda holat vujudga kelgan edi.

Ayni paytda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq sodir bo`lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o`rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a`zolariga yordam ko`rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqildi va ularning shaxsi aniqlandi.

1.  J.Ravshanov 1989 yilda tug`ilgan.

2.  T.Abdullaev 1957 yilda tug`ilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda, deyiladi FVV rasmiy xabarida.

    Boshqa yangiliklar