AsosiyJamiyat

OAV: Yunusoboddagi metro avariyasi joyidan 4 kishining jasadi topildi, hali o`pirilgan joyning to`rtdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan

'OAV: Yunusoboddagi metro avariyasi joyidan 4 kishining jasadi topildi, hali o`pirilgan joyning to`rtdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan'ning rasmi

So`nggi xabarlarga ko`ra, Toshkent shahri Yunusobod tumanida qurilayotgan metro yo`nalishida 18 dekabr, chorshanba kuni yuz bergan er o`pirilishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo`ldi. Bundan avval halok bo`lganlar soni 3 nafarligi tasdiqlangan edi.

Mazkur hududda ish olib borayotgan qutqaruvchilardan birining ma`lumotiga ko`ra, o`pirilgan joyning hali to`rtdan bir qismi ham qazib ulgirilmagan.

Sodir bo`lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o`rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a`zolariga yordam ko`rsatish hamda boshqa bir qator vazifalarni bajarish uchun Hukumat komissiyasi tuzilgan.

    Boshqa yangiliklar