AsosiyDunyo

Jahon bo`ylab o`ldirilgan, o`g`irlangan, qamalgan jurnalistlarning soni qanchaligini bilasizmi?

'Jahon bo`ylab o`ldirilgan, o`g`irlangan, qamalgan jurnalistlarning soni qanchaligini bilasizmi?'ning rasmi

389 jurnalist va OAVning boshqa xodimlari o`zlarining kasbiy faoliyati tufayli ozodlikdan mahrum qilish joyida ushlab turilibdi. 

Bu ko`rsatkich o`tgan yilgiga nisbatan 12 foiz ko`p degandir, deyiladi “Chegara bilmas reportyorlar” xalqaro tashkilotining yillik hisobotida. 

Hisobot 2019 yilning 1 yanvaridan 1 dekabrigacha bo`lgan davrdagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. 
Xitoyda 130 jurnalist, Misrda 36 jurnalist, Saudiya Arabistonida esa 32 jurnalistning panjara ortida ekani ma`lum bo`ldi. 

“Chegara bilmas reportyorlar” ma`lumotiga ko`ra, Rossiyada olti nafar jurnalist ozodlikdan mahrum qilingan. 

Yil boshidan beri jahonda 49 nafar jurnalist o`ldirildi, bu bir yil avvalgi vaziyatga nisbatan ikki barobar kam ko`rsatgichdir.

Ularning ba`zilari qurolli nizolar yuz berayotgan hududlarda halok bo`lgan. 
2019 yilda jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar sifatida  Meksika, Suriya, Afg`oniston, Pokiston, Somali deya tan olindi. 

OAVning 57 nafar xodimi o`g`irlandi, ulardan biri Ukraina sharqida, qolganlari Suriya, Yaman va Iroqda. 

Ularning ko`pchiligi bedarak yo`qolgan deb hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar