AsosiyDunyo

Dunyoning eng ifloslangan 10 shahri

Yildan yilga ekologik muammolar miqyosi oshib bormoqda. Bunday muammolar nafaqat uchinchi dunyo mamlakatlarida, balki MDH mamlakatlari hamda qo`shni mintaqalarda ham avj olib bormoqda. Quyida dunyoning eng ifloslangan shaharlari haqida ma`lumot keltirib o`tamiz.

1. Baku (Ozarbayjon)

Foto: xabardor.uz

Ekologiya sohasi mutaxassislarining fikricha, Baku dunyodagi eng ifloslangan shaharlar ro`yxatida birinchi o`rinda turadi. Eng achinarlisi – vaziyat yomonlashib bormoqda. Buning asosiy sababi shahar hududida ulkan neftni qayta ishlash komplekslarining hamda katta miqdordagi neft quduqlarining joylashganidir.

2. Addis-Abeba (Efiopiya)

Foto: xabardor.uz

Mamlakatda daryolar soni kamligi etmaganday, ularga oqova suvlari va axlat to`kiladi. Buning natijasida shaharda ichimlik suvi tanqisligi vujudga kelgan. Suv filtrlarini sotib olishga esa hammaning ham qurbi etmaydi. Ko`pchilik ichishga yaroqsiz suv bilan chanqog`ini qondiradi. Aslida esa bunday suv, ekspertlarning fikricha, hatto sanoatda ham qo`llanmasligi kerak.

3. Mexiko (Meksika)

Foto: xabardor.uz

Tog`lar va vulqonlar, ozon qatlamining nihoyatda yupqaligi dunyodagi eng yirik shaharda istiqomat qiluvchilarga jiddiy qiyinchiliklar tug`diradi. Geografik joylashuv tufayli bu erda havo yaxshi aylanmaydi, quyosh taftida esa 10 daqiqadan ortiq turib bo`lmaydi.

4. Antananarivu (Madagaskar)

4

Mamlakatdagi yomon iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat kanalizasiyani ishlatish va tozalovchi inshootlar qurishga to`sqinlik qilmoqda. Axlatni qayta ishlash korxonalari esa hozircha yo`q. Ya`ni shahar yaqin orada ulkan axlatxonaga aylanishi va yashash uchun yaroqsiz bo`lib qolishi mumkin.

5. Dakka (Bangladesh)

5

Dakka – suv tanqisligidan aziyat chekayotgan yirik shaharlardan biri. Shaharliklar foydalanayotgan suvda katta miqdorda virus va patogen mikroblar borligi aniqlangan. Ammo bu yagona muammo emas. Shahar axlatga to`lib ketgan, shuningdek, mashinalar chiqarayotgan is gazi tufayli havo me`yoridan ortiq ifloslangan.

6. Katmandu (Nepal)

Foto: xabardor.uz

Katmanduning asosiy muammosi ham ulkan axlattepalardir. Axlat uyumlari tarixiy-me`moriy yodgorliklarni to`sib qo`ygan, shahar ko`chalari uysiz odamlar va itlarga to`lib ketgan, shahar hududidan o`tuvchi daryolarning suvi ham me`yoridan ortiq ifloslangan.

7. Dorussalom (Tanzaniya)

Foto: xabardor.uz

Mamlakatning sobiq poytaxti va eng boy shahri mehmonlarni boyligi bilan emas, axlat uyumlari va axlat yig`ishtiruvchi xizmatlarning umuman yo`qligi bilan hayratga soladi. Kanalizasiyadan oqova suvlar to`g`ridan-to`g`ri odamlar ichimlik suvi oladigan daryoga chiqarib tashlanadi.

8. Bog`dod (Iroq)

8

Urush natijasida nafaqat shaharning bosh me`moriy yodgorliklari, balki suvni tozalovchi inshootlar ham vayron bo`lgan. Natijada Bog`dod atrofida tez-tez neft ko`loblari yuzaga keladi.

9. Brazzavil (Kongo)

Foto: xabardor.uz

Bu shahardagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yirik sanoat markazlari tomonidan havoga chiqarilayotgan zararli gazlar sababchi. Bundan tashqari, sanoat axlati to`g`ri ichimlik suvi manbalariga chiqarib tashlanadi.

10. Mumbai (Hindiston)

10

Bu erda toza suvning o`zi yo`q, shahar ko`chalari yoqimsiz hid va turli-tuman infeksiyalarga to`la. Ekspertlarning fikricha, Mumbaini tozalash va zaruriy inshootlarni qurish uchun bir mlrd dollardan ko`proq mablag` sarflanishi talab etiladi.

Manba: Xabardor.uz

    Boshqa yangiliklar