Yuqori darajada xavfli hisoblanuvchi simob moddasining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda. Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida fuqaro S.O. tomonidan shisha idishga joylangan va hech qanday hujjatlari bo`lmagan 700 gr “simob” moddasini 6000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






