Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) jahon chempionlik kamari uchun eliminator (saralash) jangida ishtirok etmaydigan bo`ldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.
Oldinroq Ergashev kelgusi yilning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergandik. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo`lib o`tishi lozim edi. Ammo jangga bir oydan kamroq vaqt qolganida mazkur jang bekor qilindi. Hozircha jangning bekor bo`lishi borasida rasmiy ma`lumotlar berilmagan. Ba`zi manbalarga ko`ra, Ergashevning raqibi jarohat olgan sabab ringga chiqishdan bosh tortgani aytilmoqda.
Endi Shohjahon Ergashev 17 yanvar kuni meksikalik Adrian Estrellaga (29-4, 24 KO) qarshi ringga chiqadi. To`qnashuv 10 raunddan iborat reyting jangi sifatida ro`yxatga olingan. Mazkur jang Amerikaning Ayova shtatida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






