Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 12:58 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Yunusobod tumani 2 mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro S.L. qo`shni xonadonda yashovchi 1938 yilda tug`ilgan opasi uyda yolg`izligi hamda eshikni hech kim ochmayotganligidan havotirlanib murojaat qiladi.
Ushbu murojaatga asosan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi komandiri kapitan M.Mirkarimov boshchiligidagi qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida temir eshikni ochdi.
Qutqaruvchilar xonadon ichiga kirganda fuqaro A.S. holsizlikdan yiqilib qolgan holatda aniqlandi hamda darhol yordam ko`rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Xaloskorlarning sayi-harakati tufayli yana bir insonning hayoti saqlab qolindi.






