2019 yilning 17 dekabr kuni soat 12 dan 52 daqiqa o`tganda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Navbahor” MFY Obod ko`chasidagi 4 va 5-uylarda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida yong`in joyiga 6 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Birinchi bo`linmalar ko`rsatilgan manzilga soat 13:06 da etib borgan vaqtida uylarning asosiy tom qurilish konstruksiyalari ochiq alanga bilan yonayotganligi ma`lum bo`lgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 13 dan 30 daqiqa o`tganda qurshab olinib, soat 14 dan 35 daqiqa o`tganda to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida 5-uyning 150 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda 4-uyning 90 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`indan uylarning 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong`inni sababi va Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong`inni qo`shni binoga tarqalishiga uylarni qurishda yong`inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmasligi yoki yong`inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo`ladi, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.






