17 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida vazir o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Nadejda Kaminina boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining O`zbekistondagi filiallarini ochish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Rossiya universitetining mamlakatimizda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan filiallarining huquqiy maqomini belgilash, o`quv jarayonlarini yo`lga qo`yish, bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning yuridik maqomi hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta`minlanish va shu kabi masalalarga to`xtalib o`tildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar geodeziya va kartografiya sohasi uchun hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo`lga qo`yish bo`yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olishdi.






