AsosiyDunyo

Ispaniyada bir ayol turmush qurish taklifidan so`ng tasodifan qoyadan tushib ketdi

Ispaniyaning Ibisa orolida bir ayol yigitining turmush qurish haqidagi taklifidan so`ng qoyadan yumalab ketdi. Voqea Kala Tarida kurortida 27 yanvar kuni kechqurun sodir bo`ldi. Bu haqda daryo.uz The Daily Mailga asoslanib xabar beradi.

29 yoshli Bolgariya fuqarosi Dimitrina Dimitrova do`sti ofisiant bo`lib ishlaydigan orolga tashrif buyuradi. Yigit uni quyosh botishini tomosha qilish mumkin bo`lgan qoyada sayr qilishga taklif etadi va u erda ayolga turmush qurishni taklif qiladi. Ayol quvonchdan sakrab, muvozanatini yo`qotadi va 20 metr balandlikdan yiqiladi.

Voqea joyida shifokorlar hozir bo`lganida, Dimitrova hali tirik edi, ammo ular ayolni qutqara olmadi. Bir necha daqiqa o`tgach, og`ir jarohat tufayli Dimitrova hayotdan ko`z yumdi. Ispaniya fuqarolik gvardiyasi ushbu voqeani baxtsiz hodisa deb baholamoqda.

    Boshqa yangiliklar