Moliyaviy intizomni mustahkamlash va temiryo`l transportida tashiladigan tovarlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida, ko`rsatilgan xizmatlar uchun o`zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O`zbekiston Respublikasida eng kam ish haqi miqdorining oshishi natijasida harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo`lgan yuklarni qo`riqlash bilan bog`liq xarajatlari oshishi munosabati bilan yig`im miqdori ham oshiriladi.
Yig`im quyidagicha belgilangan:
- Qo`riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo`lgan yuklar ro`yxatiga
kiritilgan va TexPDga ko`ra to`lov bilan O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy, eksport va import tovarlarga 1 vagon-km va konteyner-km (QQS tashqari) uchun – 414 so`m;
- Qo`riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo`lgan yuklar ro`yxatiga kiritilgan va ekspeditorlik tashkilotlar orqali to`lov bilan O`zbekiston Respublikasi hududida 1 vagon-km va konteyner-km (QQS bilan birga) uchun – 0,11 AQSh dollar.
Shunday qilib, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo`lgan vagonlar soni 1 tadan 5 tagacha bo`lsa, yig`ish stavkasi – 414 so`m/vagon-km (QQSdan tashqari)
tashkil etadi. Vagonlar soni 5 tadan ortiq bo`lsa – 394 so`m/vagon-km (QQSdan tashqari) bo`ladi. Agar qo`riqlanadigan vagonlar soni, yalpi og`irligi, 3 tn, 5 tn, 20 tn, 40 tn bo`lsa,
yig`ish stavkasi – 414 so`m/ kont-km (QQSdan tashqari) tashkil etadi.






