AsosiyShou-biznes

Xonanda Rayhon Tohir Sodiqov bilan duet kuyladi

Estradamizning latofatli xonandalaridan biri Rayhon fevral oyida o`zining muxlislari uchun uzoq kutilgan konsert dasturini namoyish etadi. Mazkur konsert oldidan xonanda tomonidan kutilmagan tuhfa sifatida duet tarona «O`zbegim taronasi» radiosi orqali taqdim etildi, deb xabar bermoqda «Popcorn.uz».

Duetdosh esa deyarli barchaning sevimli xonandasiga aylanishga ulgurgan Tohir Sodiqov. FM 101.00 to`lqinida ilk bora jarang sochgan qo`shiq «Indamay» deya nomlanib, yo`nalish va musiqa jihatdan ilk notalaridanoq tinglovchi e`tiborini tortadi.

Pinhona muhabbat va aytilmagan so`zlar, ichki hissiyotlar jo`sh urgan taronaning «O`zbegim Taronasi» radiosida premerasi berilgach, turli fikrlar qabul qilindi.

Asosan «nihoyat Rayhondan ham, Tohir Sodiqovdan ham biz kutgan qo`shiq» deya ta`rif berilgan duet tarona uchun hatto estradamizning ko`plab yulduzlari ham baho berishdi. O`zining ohanggi bilan dilga manzur kelishi ham e`tirof etildi.

    Boshqa yangiliklar