Yaponiya, Tayvan va Avstraliya universitetlari olimlari guruhi bundan 490 ming — 10 ming yil avval Sharqiy Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamning yangi turi topilganini ma`lum qildi, deb yozadi daryo.uz TASSga asoslanib.
Ular Tayvanning g`arbiy sohillari yaqinidagi Penxu orolida aniqlangan qadimgi odam jag` suyagi parchalarini o`rganib chiqqach, ushbu kashfiyot haqida e`lon qildi. Jag` suyagining tuzilish xususiyatlari va unda saqlanib qolgan tishlardan xulosa qilib, olimlar uning yangi turga taalluqli ekanligini aniqladi. Unga «Penxu odami» deb nom berildi.
«Penxu odami»ning o`ziga xos jihati shundaki, uning jag` suyagi ancha katta hajmga ega, bu odamlarning ancha qadimiy urug`lariga tegishli xususiyatdir. «Taxminimizcha, ularning bevosita ajdodlari Osiyodagi eng qadimiy odamlar bo`lgan yoki ular Afrikadan ancha kechroq davrda kelgan», — deya qayd etdi tadqiqot ishtirokchilaridan biri Tokio universiteti xodimi Yosuke Kayfu.





