Telekanallarda “Yo`q dema” deya xonish qilayotgan xonanda Dilshod Ali bahor mavsumida navbatdagi gostrol safari bilan xorij mamlakatlariga yo`l oladi.
Yurtimiz sharafini folklor san`ati bo`yicha munosib himoya etib kelayotgan ijodkor bundan avval ham Fransiya va Portugaliya bo`ylab o`tkazilgan “O Folklore Do Mar” festivali, Malayziyada bo`lib o`tgan "Jen dang Nusantara" festivali, Hindiston va Rossiya federasiyasida o`tkazilgan xalqaro folklorchilar bellashuvi, Xitoyda o`tkazilgan "International folklore music week" musiqa haftaligida o`zbekiston nomidan muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.
“Nihol” Davlat mukofoti sovrindori bo`lgan Dilshod Ali yaqin kunlarda yangi – “Dilbar” nomli o`zgacha yo`nalishdagi kompozisiyasini muxlislar e`tiboriga havola etadi.





