AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik yulduzlar qishning qorli kunlarini qanday o`tkazmoqda?

Qishning qorli, izg`irin kunlarida kishi ko`chaga chiqishga ham erinadi. Bunday paytlarda issiqqina uyda qaynoqqina choy ichib o`tirishga nima etsin? Biz yulduzlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ularning nima bilan bandligini kuzatdik, deb yozadi daryo.uz.

Xo`sh, ular ham havo sovuqligini pesh qilib, uyda o`tiribdimi yoki qizg`in ijod bilan mashg`ulmi?

Munisa Rizaeva shu kunlarda «Shadozi» to`y liboslari saloni uchun uyushtirilayotgan fotosessiya bilan band.

Foto: Instagram / @munisarizaeva

Foto: Instagram / @munisarizaeva

Xonanda fotosessiyadan ortib, radiolarga intervyu berishga ham ulgurmoqda.

Foto: Instagram / @munisarizaeva

Foto: Instagram / @munisarizaeva

Qo`shiqchi Shahzoda va aktrisa Gulchehra Eshonqulova esa birgalikda MY5 kanalidagi ko`rsatuvni suratga olish ishlarini tugatib, endi unga ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda.

Foto: Instagram / @shahzodasinger

Foto: Instagram / @shahzodasinger

Foto: Instagram / @_g_u_l_i_

Foto: Instagram / @_g_u_l_i_

Foto: Instagram / @shahzodasinger

Foto: Instagram / @shahzodasinger

Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram’iga ayni paytda Moskvada ekanligidan darak beruvchi suratlarni joylamoqda. Tashrifi maqsadiga oydinlik kiritmadi.

Foto: Instagram / @alimamadzhanov

Foto: Instagram / @alimamadzhanov

Sobiq «Setora» guruhi a`zosi Laylo ham MY5 kanali ko`rstuvlarida faol ishtirok etmoqda. U o`z sahifasiga «Top dizayner» dasturidan fotosuratlarni joyladi.

Foto: Instagram / @leylimedia

Foto: Instagram / @leylimedia

Xonanda Nilufar Usmonova shu kunlarda ijod va xizmat bilan band emasligini, bor vaqtini o`zi va oilasiga sarflayotganligini qayd etdi hamda buning isboti sifatida farzandlari davrasida tushgan suratini e`lon qildi.

Foto: Instagram / @nilufarusmonova

Foto: Instagram / @nilufarusmonova

Ulug`bek Rahmatullaev esa, aksincha ijodga sho`ng`ib ketgan. U o`zining «Yoshlik qaytmaydi» qo`shig`iga klip ishlamoqda.

Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

Manzura ham Instagram’iga ijod ishlari bilan bandligidan darak beruvchi suratlarni joylamoqda. Ulardan birida xonandaning konsert uchun raqs harakatlarini o`rganayotganligini ko`rish mumkin.

Foto: Instagram / @manzura_singer

Foto: Instagram / @manzura_singer

    Boshqa yangiliklar