AsosiyShou-biznes

Zulfiya hayoti va ijodiga bag`ishlangan veb-sayt yaratildi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasida O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik va shoira ijodiga bag`ishlangan maxsus veb-saytni takomillashtirish yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Unda shoira hayoti va ijodiga bag`ishlangan Zulfiyaxonim.uz saytini yaratishda turli tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo`yicha vazifalar belgilandi. Ushbu saytda shoiraning hayot va ijod yo`li, uning siymosi aks etgan surat va haykaltaroshlik namunalari, fotoalbomlar, audio va videofayllar, rassomlarning Zulfiya kitoblariga ishlagan illyustrasiyalari, qardosh xalqlar adiblarining shoiraga bag`ishlangan asarlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining faoliyati ifoda etilgan ma`lumotlarni o`quvchilarga taqdim etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ayni paytda shoiraning “Saylanma” asarlari, “Zulfiya zamondoshlari xotirasida” kitobi va boshqa asarlar nashrga tayyorlanmoqda.

Zulfiyaning serqirra faoliyati va adabiy merosini yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish maqsadida "Saodat" jurnali qoshida maxsus ijodiy maktab tashkil etildi. Yurtimizdagi qator teatrlarda shoiraning "Xotiram siniqlari" dostoni asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar