AsosiyDunyo

Kaliforniyadagi mebel do`konidan marixuanna plantasiyasi topildi

Polisiya xodimlari Kaliforniya shtati San-Diego shahrida joylashgan mebel do`konidan marixuanna etishtirishga mo`ljallangan plantasiyani topishdi, deya xabar qiladi The Huffington Post.

Huquq-tartibor organi vakillarining ta`kidlashicha, Furniture & More nomi bilan faoliyat yurituvchi ushbu do`konda taxminan 2 million dollarga teng qiymatdagi giyohvand modda etishtirilmoqda. Mahalliy sherifning ma`lumotiga ko`ra, do`kon mebel mahsulotlarini sotishga mo`ljalangan, biroq birorta ham mebel sotmagan.

Giyohvand moddalarni noqonuniy etishtirganlikda shubha ostiga olingan 39 yoshli Fuk Nguen qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar