Joriy yilning 26 yanvaridan Euronews telekanali City-tour turkumida Toshkentga bag`ishlangan ko`rsatuv namoyishini boshladi, deb xabar bermoqda daryo.uz «O`zbekturizm» milliy kompaniyasiga tayangan holda.
Ko`rsatuvda Toshkentni o`z ichiga olgan Buyuk Ipak yo`li, shaharning qadimiy diqqatga sazovor joylari, jumladan, Hazrati Imom maydoni, Baroqxon madrasasi, Tillashayx masjidi va boshqa me`morchilik obidalari haqida hikoya qiladi. Euronews uslubiga binoan, Toshkentning zamonaviy qiyofasi, afsonaviy tarixiy inshootlari, boy madaniy hayoti namoyish etiladi.
Eslatib o`tamiz, Euronews telekanalida O`zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari haqidagi ko`rsatuvlar namoyish qilingan edi.





