AsosiyShou-biznes

Taniqli grek qo`shiqchisi Demis Russos 68 yoshida vafot etdi

Taniqli qo`shiqchi va musiqachi Demis Russos 25 yanvar kuni Afina shahrida 68 yoshida olamdan o`tdi. Biroq bu haqda OAVga bugun ma`lum bo`ldi, deb xabar bermoqda «Uz24.uz» «Vesti.ru» nashriga tayanib.

So`nggi vaqtlarda u Gresiya hamda Fransiyada yashagan edi. O`limining sababi esa hozircha oshkor qilinmadi.

Qo`shiqchining o`limi haqida tele va radioboshlovchi Nikos Aliagas o`zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Ma`lumot uchun, Demis Russos ijodiy faoliyatini 1960 yillarda Aphrodite’s Child guruhi tarkibida boshlagan. 1980 yillarda yakkaxon xonanda sifatida tanilgan. U yaratgan Goodbye my Love, Goodbye, Forever and Ever, From Souvenirs to Souvenirs, My Only Fascination kabi qo`shiqlari dunyo miqyosida mashhur bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar