AsosiyDunyo

Xitoyda xaridor mashina uchun 150 kg pul to`ladi

Xitoyda avtosalon mijozi o`ziga yoqqan avtomobil uchun 20 ming yuan miqdoridagi dastlabki to`lovni «mayda naqd pul» bilan amalga oshirish istagini bildirdi. Diler gap qog`oz pul haqida ketayotganini taxmin qilib, rozi bo`ldi. Natijada jami 150 kilogramm og`irlikdagi 0,1 yuan, 0,5 yuan va 1 yuanlik tangalarni sanab chiqish uchun dilerlik markazining sakkiz xodimi yarim kun sarfladi. Bu haqda «Mail.ru»ga asoslanib, daryo.uz xabar berdi.

Xaridorning aytishicha, tangalar unga o`z biznesi orqali kelib tushgan, biroq uning qanday biznes ekanligini oshkor etishni istamadi. Endi sotuvchilar g`alati mijozning navbatdagi tashrifini kutmoqda: summaning qolganini xaridor uch kun ichida to`lashi kerak.

    Boshqa yangiliklar