Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan hayvonot bog`i xodimlari kutilmagan vaziyatlarni suratga olish uchun ba`zi qafaslarga kamera o`rnatib chiqdi, deb xabar bermoqda daryo.uz «Rossiyskaya gazeta»ga tayangan holda.
Kameralar hayvonlar tegishi bilan ishlaydigan qilib o`rnatilgan. Natijada ko`plab hayratomuz suratlar olingan. Ayniqsa, koala va pingvin selfiga ishqiboz chiqib qolgani qayd etilgan.
Jonivorlarning selfilari ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan. Ko`pchilik suratlarni jaoyib deb baholagan. Ba`zilar esa ko`proq suratlar qo`yilishini so`ragan. Ayrim foydalanuvchilar esa kinoya bilan Shotlandiyada Edinburg hayvonot bog`idan boshqa gaplashadigan mavzu qolmaganini qayd etgan.





