AsosiyJamiyat

Avtobus salonida sigaret chekuvchi haydovchilar ishdan bo`shatiladi

Feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi “Jamoat nazorati” guruhida a`zolar tomonidan avtobus haydovchilarining salon ichida chekishi masalasi muhokama qilingan deb yozadi kun.uz nashri.

Guruh a`zolari oxirgi vaqtlarda haydovchilarning salonda chekishi ko`p bor uchrayotgani va bu oddiy holga aylanganidan shikoyat qilib, izohlar qoldirishgan. Sahifada yozilishicha, avtobus haydovchilari yo`lovchilarning e`tirozlariga bee`tibor qarab keladi.

uz24.uz nashri bu muammo bo`yicha “Toshshahartransxizmat”ga murojaat qilganida, tashkilot xodimi avtobus salonida chekish Vazirlar Mahkamasi qarori orqali taqiqlangani haqida ma`lum qilgan. Bundan tashqari, “Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeks”da ham jamoat transportida sigaret va alkogol mahsulotlarini qabul qilish mumkin emasligi belgilab qo`yilgan.

Tashkilot xodimining ma`lumot berishiga ko`ra, “Toshshahartransxizmat”ga haydovchilarning avtobus saloni ichida chekishi hollari bo`yicha shikoyatlar kelishi ko`paygan. U bunday shikoyatlarga sabab bo`lganlarning ogohlantirishlardan keyin ham ish vaqtida chekishni davom ettirsa, ishdan bo`shatilishini bildirgan.

Shunday holatlarga ro`baro` kelgan yo`lovchilarga “Toshshahartransxizmat”ning ishonch telefoniga (1062) qo`ng`iroq qilishi va avtobusning belgilari haqida xabar berishi tavsiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar