AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`llarni ta`mirlash va yangi yo`llar qurishga 44 mlrd so`m ajratiladi

2015 yilda Toshkentning yo`l-transport infrastrukturasini takomillashtirish ishlariga 44 mlrd so`m ajratilishi kutilmoqda, deb xabar berdi kun.uz nashri Uzbekistan Today axborot agentligi ma`lumotiga tayangan holda.

Ushbu mablag`ning 9 mlrd so`mga teng qismi davlat byudjetidan ajratiladi. Yana 35 mlrd so`m Respublika yo`l fondi tomonidan ko`priklar, chorrahalar qurish va yo`llarni kengaytirishga sarflanadi.
Toshkent shahar bosh iqtisodiy boshqarmasi rahbari Saidali Nasriddinovning so`zlariga qaraganda, ko`zda tutilgan chora-tadbirlar mavjud yo`l uchastkalaridagi tig`izlikni engillashtirishga qaratilgan. Shaharda har yili 20 mingtagacha yangi transport vositasi paydo bo`layotganini e`tiborga olsak, yo`l-transport infrastrukturasini takomillashtirish eng muhim vazifalardan bo`lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar