Davlat aloqa qo`mitasi Kollegiyasining 2014 yil yakunlariga bag`ishlangan yig`ilishida aytilishicha, bugungi kunda O`zbekiston aholisining 54 foizi raqamli televidenie bilan ta`minlangan: Toshkent shahri hamda Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg`ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining ko`pchilik hududlarida yuqori sifatli raqamli televidenie xizmatlari yo`lga qo`yilgan deb xabar beradi kun.uz.
Raqamli televideniega o`tish Davlat dasturiga ko`ra, 2015 yil oxiriga qadar yuqori quvvatga ega 84 uzatgich o`rnatilib, ularning yordamida 90 foiz aholi qamrab olinadi.
Raqamli televideniega bosqichma-bosqich o`tish 2017 yili nihoyasiga etishi aytilmoqda.
Ilgarigi statistik ma`lumotlarga qaraganda, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko`ra raqamli televidenie xizmatlari 45 foiz aholini qamrab olgan edi.





